Turinning "Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi, hozirda Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubida bosh murabbiy bo'lib ishlayotgan Fabio Kannavaro APLda ishlash ko'rish niyatida ekanligini yashirmadi.
— Men APLda ishlashni xohlardim. Premer-liganing barcha o'yinlarini tomosha qilaman va menga Angliya futboli madaniyati yoqadi, - Kannavaroning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
- Xitoy futbolida o'z tizimimni yaxshilash uchun ishlayapman. To'g'ri, Osiyoning eng klublaridan birining murabbiyiman, lekin o'z kuchimni Evropada sinab ko'rish niyatidaman, - dedi italiyalik mutaxassis.
Avvaliga Fabio Kannavaro "Real" klubini boshqarish niyatida ekanligini aytib o'tgan edi.
Keyinroq esa u "Napoli" klubida ishlash ishtiyoqida yonayotganini yashirmagan edi.