«Real» klubi sobiq futbolchisi, «Oltin to'p» sohibi Fabio Kannavaro "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zaynidin Zidan haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi — Ronaldo. Ammo Zidanni hurmat qilaman. Uning o'z uslubi bor edi va u maydonda etakchi edi. Zidan to'p bilan raqs tushishni boshlaganida, biz aqldan ozardik. U to'p bilan mo'jiza yaratadigan sehrgar edi.
Zidan qarshisida shlyapamni echaman. Hamma undan hayratlanadi. U yillar davomida «Real» boshqaradi deb o'ylayman», — dedi Kannavaro.