Transfermarkt portali La ligada eng qimmat tarkibga ega yoshlar jamoasiga ega klublar reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatning yuqori pog'onasini «Barselona» egalladi. "Ko'k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasi tarkibi 34.03 mln evroga baholandi.
Ikkinchi pog'onani «Real»ning ikkinchi jamoasi hisoblangan «Kastilya» egalladi. Bu jamoa tarkibining umumiy narxi 30,45 mln evroga teng bo'ldi.
«Atletiko» uchinchi o'rinni band etgan bo'lsa (16,73), «Real Sosedad» (7,35) va «Atletik Bilbao» (6,95) kuchli beshlikka kirishdi.
So'nggi o'rinni esa «Leganes» egalladi — 800 ming evro.