«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasida o'ynayotgan Xavi nima uchun «Real» kataloniyaliklarni ortda qoldirayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Sodda qilib aytganda, «Barselona» uxlab qoldi. Jamoa o'z akademiyasi va o'yin uslubini takomillashtirishi lozim. Yosh futbolchilar bosh jamoaga qo'shilishdan oldin klub falsafasiga mos o'yin uslubida o'ynashni o'rganishlari lozim.
«Real» juda yaxshi xaridlarni amalga oshirdi. Hozirda madridliklar o'yinning har bir jihati — qarshi hujum, pozitsion hujum, to'p nazorati va hujumdan himoyachga o'tishda hukmronlik qilishmoqda. Raqib jamoa safida tezkor va kuchli futbolchilar yig'ilgan. Ular esa Zidanga ishonishadi.
«Barselona» Valverdega ishongani menga yoqmoqda. U bu ishga tayyor, katta tajribaga ega, jamoa bilan yaxshi tanish. Shu bois, u "Barsa"ni yaxshi boshqarishi kerak. Uning jamoaga qaytishi, klub avvalgi o'yin uslubiga qaytadi deganidir», — dedi Xavi.
So'nggi 4 mavsumda «Real» 3 marta Chempionlar ligasida (2014, 2016, 2017), bir marta Ispaniya chempionati va bir marta Ispaniya kubogida g'olib chiqdi (2017). Bu vaqt davomida «Barselona» bir marta EChL (2015), 2 marta La liga (2015, 2016) va 3 marta Ispaniya kubogi g'olibligini qo'lga kiritdi.