Stadion.uz futbol uchrashuvlariga kiritilishi mumkin bo'lgan yangi qoida haqida fikr almashadi.
Doimo futbolga kiritilgan yangi qoidalar katta bahs va munozaralarga sabab bo'lib keladi. FIFA yaqinda futbol uchrashuvlari orqali futbolchilarning sog'lig'iga putur etkazmaslik maqsadida mavsum so'nggiga qadaro'yin davomida 5 ta o'zgarishdan foydalanishga ruxsat berish borasida qaror qabul qildi. Xo'sh,bu qay darajada foydali yoki zararli bo'lishi mumkin?
Foydali
1. Birinchi navbatda futbolchilarni jarohat olishdan asrab qolish imkoni yanada oshadi.Kuchli birinchiliklardagi to'p uchun kurash juda ayovsiz tarzda kechishi odatiy holga aylanib bo'lgan. Shifokorlarning fikricha, futbolchilardagi kuchli toliqish jarohatlarga olib kelmoqda. Ayniqsa, karantin chog'ida uyida qolgan va sport formasini tiklab olmagan futbolchilar uchun jarohat ortirib olish xavfi juda yuqori. Boz ustiga, butun boshli jamoalar katta futbolga qaytgach, avvalgi tartibda barchasini davom ettirish mushkul.
Bu qaror futboldagi intensivlikning oshishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislarning fikricha, agar mavsum so'nggiga qadar jamoalar beshtadan futbolchi almashtirsa, o'yinning tezligi tushib ketmaydi. Bu uchrashuvning tomoshabopligini va qizg'in o'tishini ta'minlab beradi. Maydonga tushgan yangi futbolchilar ehtiyot bo'lib harakat qilayotgan futbolchilar bilan birgalikda tushib ketgan tempni ko'tarishga hizmat qilishi mumkin.3. Murabbiylar uchun ayni muddao bo'lishi mumkin. Hatto dekabroyida bunday tashabbus bilan shaxsan Pep Gvardiola ham AFAga murojaat bilan chiqqan edi. Uning aytishicha, agar o'yin davomida 5 yoki 6 ta almashtirishdan foydalanisa, jamoadagi barcha futbolchiga o'yin amaliyoti taqdim etish imkoniyati paydo bo'ladi. Bundan tashqari, murabbiylar bir o'yin davomida bir necha bor taktikani o'zgartirishga ham muvaffaq bo'lishgan bo'lar edi. Misol uchun, agar Jozega o'yin davomida 5 ta o'zgartirish amalgaoshirish imkoni berilganida, u APLning bir nechta uchrashuvlarini ortiqcha qiyinchiliksiz taktik mahorati evaziga yutib chiqqan bo'lar edi. Kuchsiz jamoalar esa, grandlarga qarshi uchrashuvda yanada ishonch bilan harakat qilishi va istalgan daqiqada “jokker”ni janggatashlash imkonini qo'lga kiritgan bo'lar edi.
4. O'z-o'zidan ko'plab futbolchilar uchun o'yin amaliyoti ham yaratib berish mumkin. Mavsum boshida 30 futbolchi ro'yxatdan o'tkaziladi, biroq maydonda bor-yo'g'i 14 tagina futbolchi to'p suradi. Mantiq qani? Xo'sh, maydonga tushmaydigan futbolchilar uchun nega klublar maosh to'lashi lozim? Ayniqsa, pandemiyadan so'ng og'ir kriziz chog'ida? Hech bo'lmasa, yosh va iqtidorli futbolchilar uchun ham qo'shimcha o'yinchi almashtirishlariga ruxsat berish mumkin. Juda bo'lmaganda, FIFA va UEFA jarohat olgan futbolchilarni almashtirish uchun bonus tariqasida yana ikkita futbolchi almashtirishga ruxsat berishni o'ylab ko'rishi kerak.
Hammasi o'z o'rnida qolsin!
1. Telba-teskari futbol! Aslida, asosiy tarkibda maydonga tushmagan futbolchilar o'z-o'zidan o'yinni tomoshabin sifatida tomosha qilishadi. To'g'ri, o'yinchi almashtirish foydali bo'lishi mumkin, biroq bu o'zgarishlar o'yinning asl mohiyatini tubdan o'zgartirib yuborishga qodir. Tajribali murabbiylar o'yinning so'nggi 15 daqiqasida 3 yoki 4 o'yinchini zaxiraga olish orqali faqat hisobni saqlab qolish va vaqtni o'ldirishi mumkin. Murabbiylar g'alaba uchun barcha ishni amalga oshirayotgan bir paytda futbol maydoni shaxmat doskasiga aylanib ketmasligiga kim kafolat bera oladi?
2. Nima uchun quyi divizionlarni hech kim tomosha qilmaydi? Axir u erda hatto 10 ta o'yinchi almashtirishga ham ruxsat borku! Aslida, Angliyaning quyi dviziolarida ham ba'zan istisno tariqasida bir nechta futbolchi almashtirish mumkin. Ayniqsa, ayrim xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlaridagi tinimsiz futbolchi almashtirishlar ko'pchilikning e'tiborini tortgan bo'lsa, ajab emas. Hech sezganmisiz, mana shunday almashtirishlar futbolga bo'lgan qiziqishning pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Katta uchrashuvlardagi tinimsiz to'xtalishlar futbolchilarga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Katta ehtimol bilan, hatto yuqori darajadagi ijrochilar ham bunday o'zgarishga tayyor emas.
3. Agar klublar bu qoidaga o'rganib qolishsa, barchasi iziga tushgach, yana shu qoidani ishga tushishini talab qilishlari turgan gap. Birinchilardan bo'lib, futbolchilar og'ir mashg'ulotlardan halos bo'lgach, ancha engil tortishadi. Shu sababli, Ispaniya futbol federatsiyasi o'yin davomida 5 ta futbolchi almashtirishni sinovdan o'tkazishni ham istamadi. Ular shu qarorlarini quyidagicha izohlashgan edi: “Agar futbolchi va murabbiylarga ularning ishlarini engillatadigan biror bir qoida kiritsangiz, hech qachon buning manfiy tomoni haqida so'zlashmaydi. Ular o'zlari uchun qulay bo'lgan sharoitda faoliyat olib borish tarafdori. Biz esa, futbolning muxlislar uchun yoqimli bo'lishini istaymiz”.
4. Grandlar g'alaba qozonishi ehtimoli ko'payib ketadi. Tassavur qiling, Gvardiolaning “Manchester Siti”si kamtarin “Genk” bilan mehmonda to'qnash kelmqoda. Birinchi bo'limdan so'ng, hisob mezbonlar foydasiga (aytaylik — 1:0). Ikkinchi bo'limda Pep 3 yangi futbolchi bilan vaziyatdan chiqib keta olmas, biroq yarim jamoani almashtirish orqali o'yinni osonlik bilan o'zi tomon og'dirib olishi mumkin. Boz ustiga, grandjamoalarning zaxira qudrati o'rtamiyona klublarnikidan keskin farq qiladi. Bu esa, tablodagi natijaning yakunda grandlar tomoniga o'zgarishi bilan tugash ehtimolini keskin oshirib yuboradi.
Muallif fikri
P.S. Umuman olganda, futbol sport turi sifatida shakllanganida, unda futbolchi almashtirilishiga ruxsat berilmagan. Yillar o'tgach, avvaliga ikkita, keyin uchtagacha zaxira futbolchisining maydonga tushishiga ruxsat berildi. Endlikda, bu son 5 taga etishi mumkin.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev