Madridning "Real" klubi darvozaboni vatandoshi Eden Azarning jarohati haqida fikr bildirdi.
"Azarda hammasi joyida. Jamoaga qaytish uchun u ko'proq mashq qilmoqda. Karantin - jarohat olgan futbolchilarning tiklanishi uchun ayni muddao bo'ldi. Ammo, Azar jamoa tarkibiga 100 foiz qo'shilib olishi uchun biz ehtiyot bo'lishimiz kerak", - dedi Kurtua.