Klub shifokorlari 22 yoshli futbolchining oyog'i to'piq qismida jarohat borligini aniqlashdi. Hozircha uning qachon safga qaytishi aniq emas.
Yovich dushanba kuni Madridga etib kelgandi. U Serbiyadaligi vaqtida karantin qoidalarini buzgandi va shu boisdan unga qarshi jinoiy ish qo'zg'atilgandi.
Ushbu mavsumda Yovich "Real" tarkibida 15 o'yinda 2 gol va 1 assistentlik qayd etdi.