«Real» hujumchisi Luka Yovich bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi. 22 yoshli futbolchining tovon suyagi singani aniqlandi.
Serbiyalik futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini «Real» ma'lum qilmadi.
Yovich dushanba kuni Madridga kelgandi. U Serbiyada bo'lib turganida karantin qoidasini buzgani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi.
Luka ushbu mavsumda «Real» safida La liga doirasida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.