Madridning "Real" klubining barcha futbolchilari koronavirusga test topshirishdi. Test natijalari ijobiy chiqdi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Real" mashg'ulotlarni 11 maydan boshlaydi. Mashg'ulotlar ijtimoiy masofani saqlagan holda o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" La Ligada 2-o'rinda bormoqda.