«Real» sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni o'zaro solishtirishni istamadi.
«Foydasiz bahs. Men etti yil Krishtianu bilan bir jamoada o'ynaganman va u qanday shug'ullanishini ko'rganman. Shuni aytishim mumkin, unda ham iqtidor bor.
Krishtianu barchasiga o'zi erishgani haqidagi gaplarga tushunmayman, negadir har safar Ronaldu bu darajaga erishishiga ko'mak bergan iqtidor orqa planda qolib ketaveradi.
Ular ikkisi ham o'z ishiga jiddiy qaraydi va kuchli xarakterga ega. Ikkisini bir jamoada o'ynatish yaxshi tarjriba bo'lardi, biroq ularning birga to'p surishi oson bo'lmaydi, chunki har biri etakchilikka da'vogarlik qiladi», — deydi Arbeloa.
Ma'lumot uchun, Ronaldu 2018 yil yozida «Real»ni tark etib, «Yuventus»ga o'tadi. Leo Messi esa hamon «Barselona»dan to'p surmoqda.