Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq darvozabonlar murabbiyi Erik Stili David de Xea 2017 yili Van Gal sababli "Real" klubiga o'tib ketishga qaror qilganini eslab o'tdi.
«U Lui Van Gal qo'l ostida o'ynaganida, nima uchun de Xea jamoani tark etish niyatida yurganini barchamiz bilardik. Ular o'zaro til topisha olishmadi.
David transfer oynasining so'nggi kunidagi hodisa ro'y bermaganida «Real» klubiga o'tib ketgan bo'lardi.
De Xea klubdan yoki muxlislardan norozi emasdi, lekin, ular o'rtasida nimadir ro'y bergani aniq. Endi hamma narsa boshqacha.
U maydonga yuzida tabassum bilan chiqib kelmoqda. Hozirda uning ketishiga hech qanday sabab ko'rmayapman», – dedi Stili INews bilan intervyuda.