Frantsiyaning "Lill" klubi sobiq yarim himoyachisi Rio Mavuba Eden Azar "Chelsi" klubiga o'tishi oldidan vaqtni qanday o'tkazganligi haqidagi xotiralar bilan o'rtoqlashdi.
"Chempionatni uchinchi o'rinda yakunlashimizni bilardik, lekin chempionatning so'nggi o'yini "Nansi" klubiga qarshi edi. Biz kechki payt sayr qilish va ichishga qaror qildik, lekin bizning sayrimiz cho'zilib ketdi. Azar kechasi bilan uxlamadi va faqat ichdi, lekin ertasi kuni maydonga chiqib yarim soat ichida xet-trik qayd etdi. Eden - muhim futbolchi ekanligini yigitlar bilan tushungandik", - Mavubaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Independent.
Azar "Lill" tarkibida 2008 yildan 2012 yilgacha o'ynagan. U Frantsiya klubi tarkibida 194 ta uchrashuvda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 53 ta golga assistentlik qilgan. Hozirda 29 yoshli belgiyalik futbolchi Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilmoqda.