Frantsiyaning "Monako" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtuaning so'zlariga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, "Real" darvozaboni agar La Liga qayta tiklanmasa, chempionlikni "Barselona"ga berish adolatsizlik bo'ladi, degandi.
"Har kim o'z manfaatlaridan kelib chiqib fikr bildiradi. Evrokuboklarda ishtirok etishi uchun "Monako"ga ozgina ochkolar etishmadi. Agar Ispaniya chempionati muddatdan oldin yakunlansa, u holda "Barselona" haqiqiy chempion bo'ladi. Musobaqalar favqulodda vaziyatlar sababli yakunlanishi mumkin, kimning xohishi bilan emas.
Bizga Frantsiya chempionatini yakunlanganini va boshqa uchrashuvlar o'tkazilmasligini aytishdi. Biz anchadan beri o'ynamayapmiz, shuning uchun biz g'alati jarohatlar olyapmiz. Bir yarim oy mobaynida mashg'ulot olib bormaganimni eslay olmayman. Bundan voqea mening 15 yoshligimda ro'y bergan edi", - Fabregasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.