"Bavariya", "Barselona", "Yuventus" va Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, yuqoridagi jamoalar "Manchester Siti"dagi vaziyatni kuzatib turishibdi. UEFA "shaharliklar"ni evrokuboklardan chetlatgan edi, shu sababli jamoaning bir nechta etakchi futbolchilari tark etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Siti" rahbariyati de Bryuynega yangi shartnoma taklif qilishmoqda.