«Monako» yarim himoyachisi Sesk Fabregas «Chelsi»dagi sobiq jamoadoshi Eden Azarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
«Azar «Real» safida bir nechta yaxshi o'yin o'tkazdi. Ammo ba'zida u o'z o'rnini topa olmayotgandek taassurot uyg'otdi. Lekin Eden uchun hamisha mavsumning ilk turlari qiyin kechgan. Shunga qaramay, uni katta kelajak kutayotganini taxmin qilaman», — dedi Fabregas.
Eden Azar Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 10ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.