Mutaxassis tarkibdagilarni uch guruhga bo'ldi va ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Mashg'ulot rejasi va futbolchilar bajarishi zarur bo'lgan mashqlar belgilab qo'yilgan.
Qayd etish lozim, Dyupon futbolchilar bilan karantin davrida ham muntazam aloqada bo'lib turdi. Franciyalik murabbiy har bir futbolchiga individual reja tuzib chiqqan va hamkasblari, gadjetlar yordamida ularning bajaralishi va kun tartibiga qanchalik rioya qilinayotganini nazorat qilib turdi. Bularning barchasi tabiiyki futbolchilar sport formasini ushlab turishi uchun qilindi.
Jarrohlik amaliyotidan so'ng deyarli tiklanib bo'lgan Eden Azar va deyarli shunday vaziyatda turgan Marko Asensiodan tashqari, Zidan va Dyupon ixtiyorida 26 futbolchi bor.