Franciyaning L'Équipe gazetasi xabariga ko'ra, muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan va futbolchi (Neymar kabi) yiliga 40 mln evro maosh olishiga kelishilgan.
Ispaniyaning AS nashri esa Mbappe PSJ oldiga talab qo'ygani haqida malum qildi. Unga ko'ra shartnomaga "Real"dan yaxshi taklif bo'lsa, futbolchini qo'yib yuborish haqidagi band qo'shilishi kerak. Avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz natijasida "Real" futbolchini yozda xarid qilolmasligi oydinlashgandi.
Malumot uchun, joriy mavsum parijliklar safida 33 o'yin o'tkazgan Mbappe 30 gol, 17ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.