Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Patris Evraning fikricha, Krishtianu Ronaldu 2013 yili «Old Trafford»ga qaytish borasida kelishib qo'ygandi.
Shuningdek Evra, o'shanda Fergyuson «Manchester Yunayted»ni Ronaldu va Beyllar bilan kuchaytirish niyatida bo'lgan.
«Fergyuson iste'foga chiqib ketishidan oldin Ronaldu va Beylning transferini muhokama qilgandi. Krishtianu qaytishga rozi bo'lgandi, Beyl ham o'zini «Old Trafford»da sinab ko'rishga qarshi emasligini bildirgandi.
Fergyuson jamoani tark etayotgani haqida xabarlar tarqalgach, barchasi barbod bo'lgandi. Uning ketishidan keyin klubda tartibsizlik boshlanishini hamma tushunardi», — dedi Evra.