Madridning "Real" klubi yangi futbolchi xarid qilish uchun, bir nechta o'yinchilarni sotishga majbur bo'ladi. Xususan, madridliklar "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, "Real" tarkibida 37ta futbolchi bor. Yangi xaridlar klubning ish haqqi byudjetiga katta ta'sir o'tkazadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" hujumchisi Luka Yovichni sotib yuboradi.