"Chelsi" klubi yangi a'zosi Alvaro Morata Marca nashriga intervyu berib o'tdi.
"Men juda xursandman. Men "Chelsi"ga o'tishni niyat qilgan edim, chorshanba kuni buni Xudo menga berdi. "Real"ga qaytaman deb o'ylamayman. Bu qiyin masala va hozir bu haqida umuman o'ylayotganim yo'q. Meni yangi jamoamda ulkan maqsadlar kutmoqda. Yangi jamoam tibbiy ko'rigidan o'tmagunimcha yengil nafas olish yo'q. Umid qilaman, men "Chelsi"da hamma narsani olaman. Men o'zimni ko'rsatishga ishonaman, yo'qsa "Real"dan ketishni o'ylamas edim. Shu bilan bir qatorda Zidanga minnatdorchilik bildiraman va ular yangi mavsumda omad tilayman. Meni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham shu o'rinda minnatdorchilik bildiraman. "Real"ga hamisha eng katta omadlarni tilab qolaman." - deydi Morata.