Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich Serbiyadan Ispaniyaga qaytdi. Bu haqda AS nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kecha xususiy samalyotda Madridga qaytib kelgan. U "Real"ning pandemiya vaqtida Ispaniyani tark etgan yagona futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, Yovich Serbiyada karantin qoidalarini buzgandi. Buning uchun unga jinoiy ish qo'zg'atilgan edi. Joriy mavsum hujumchi "Real" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.