Portugaliyaning «Vitorii Gimaraynsh» klubi yosh futbolchisi Erkulanu Nabian Ispaniyaning «Real» va «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Hujumchi endigina 16 yoshga to'ldi, Portugaliyada uni «yangi Lukaku» deb atashmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Shuningdek, yosh hujumchiga «Monako» va PSJ klublari ham qiziqishmoqda. Nabian so'nggi ikki mavsumda 43 ta gol kiritishga erishdi, shuningdek, Portugaliya U-17 terma jamoasi safida 7 ta uchrashuvda 4 ta gol kiritdi.