Lempard frantsiyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi
Mirror nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Germaniyaning «Leyptsig» klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoga Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatiga «ko'klar» bosh murabbiyi Frenk Lempardning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda va rahbariyatdan ushbu transfer uchun pul ajratishlarini so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Upamekanoga «Arsenal», «Barselona», «Bavariya», «Real» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.