«Barselona», «Real» va Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Luish Figu faoliyati haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
47 yoshli Figu Raul bilan birga o'ynash u uchun eng qulay bo'lganini tan oldi.
«Faoliyatimdagi eng yaxshi sherik? Raul! O'zining xarakteri tufayli juda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Maydonda qanday harakat qilish va nima qilish kerak ekanligini doim bilganman. Ronaldoda tezlik bor edi Raulning esa eng yaxshi fazilatlarini tanlash qiyin. Unda hamma narsadan ozgina bor edi, Raul doim gol urardi va natijaga erishardi», - Figuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FourFourTwo.