Hujumchi Erling Xoland bilan «Zaltsburg»da birga ishlagan murabbiy Stanislav Matsek 19 yoshli o'yinchining imkoniyatlarini yuqori baholadi.
«Xoland — bu yangi Ibrahimovich. Qo'shimcha qilib shuni aytishim mumkinki, u tezroq va yaxshiroq harakat qiladi. Erling faoliyatidagi katta qadamni tashladi va hozirda Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Agar o'sishda davom etsa, biz uni qaysidir grand jamoa safida ko'rsak kerak. Masalan, «Real» tarkibida. Eng yaxshi o'yinchilar hamisha Madridda o'ynab kelgan, Xoland — eng yaxshilaridan biri. U «Real»da o'ynash uchun tug'ilgan.
Xoland mehnatni yaxshi ko'radi. U "Zaltsburg"da o'ynayotganida, juda ko'p shug'ullanardi. U menga har kuni ming marta o'tirib-turish va yotib-turish mashqlarini bajarishini aytgan edi», — dedi Matsek.
Xoland 2020 yilning yanvar oyida «Borussiya»ga o'tib, mavsum to'xtab qolgan paytgacha 11ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi.