Ispaniyaning Marca nashri ovoz berish orqali emblemasi eng chiroyli bo'lgan futbol klublarini aniqladi. Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi emblemasi 3,1 million ovoz bilan etakchi bo'ldi.
Ikkinchi o'rin — Marokashning "Raja Kasablanka" klubiga, uchinchi o'rin esa Braziliyaning "Fluminense" jamoasiga nasib etdi.
Eng chiroyli 10 ta emblema quyidagi klublarniki:
1. "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni), 3.1 million ovoz
2. "Raja Kasablanka" (Marokash), 3,0 million
3. "Fluminense" (Braziliya), 169,1 ming
4. "Real Madrid" (Ispaniya), 134,1 ming
5. "Fenerbaxche" (Turkiya), 76,4 ming
6. "Liverpul" (Angliya), 75,8 ming
7. "Barselona" (Ispaniya), 74,9 ming
8. "Kolo-Kolo" (Chili), 66,8 ming
9. TsSKA (Rossiya), 42,8 ming
10. "Beshiktosh" (Turkiya), 34,4 ming