"Liverpul" va "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen 2004 yilda "Real"ga o'tganini esladi. Angliyalikning so'zlariga ko'ra, "Liverpul"da o'sha paytdagi jamoadoshi Jeymi Karrager uni Madridga o'tishdan qaytarishga uringan.
"Men "Liverpul"dan ketish haqida o'yladim. Biz AQShda tayyorgarlik ko'rayotgandik va bir agent menga qo'ng'iroq qildi. Men Karrager bilan mehmonxonada edim, u suhbatni payqadi. Men uxlab yotganimda u yonimga keldi va: “Ketma. U erda Morentes, Ronaldo va Raul bor, sen o'ynamaysan", dedi. Ammo men "Liverpul"da ko'p yillar o'ynadim va agar kerak bo'lsa, qaytib kelaman", deb o'yladim va ketdim.
Men "galaktikos", xayoliy stadion, boshqa madaniyat haqida o'yladim... Ammo shunday bo'ladiki, siz biron bir narsani qilsangiz, orqaga yo'l yo'qligini tushunasiz. Men aeroportga qanday qilib ko'z yoshlarim bilan kelganimni va hatto orqaga qaytish haqida ham o'ylaganimni eslayman”, — dedi Ouen.
Ouen 2004/05 yilgi mavsumni "Real"da o'tkazgan, shundan so'ng u "Nyukasl"ga o'tgandi.