Transfermarkt portali koronavirus tufayli futbolchilarning transfer narxlarini yangilagan edi. Shundan kelib chiqib, sayt Evropaning eng qimmat tarkibga ega bo'lgan klublari reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatni «Manchester Siti» klubi boshqardi. "Shaharliklar" tarkibi 1 milliard evrodan oshgan yagona klub bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni «Liverpul» egalladi. Mersisaydliklarning umumiy narxi 967 million evroga baholandi.
Uchinchi pog'onani esa «Real» band etdi. Madridliklarning tarkibi 888,5 million evroga teng bo'ldi.
"Qirollik klubi"dan biroz ortda qolgan «Barselona» 4-o'ringa qo'yilgan bo'lsa, "PSJ" kuchli beshlikka kirdi.
Evropaning eng qimmat tarkibga ega bo'lgan klublari (top-10):
1. «Manchester Siti» (1,02 mlrd evro)
2. «Liverpul» (967 mln)
3. «Real» (888,5 mln)
4. «Barselona» (852,7 mln)
5. «PSJ» (843,7 mln)
6. «Bavariya» (756,6 mln)
7. «Atletiko» (709 mln)
8. «Tottenxem» (699 mln)
9. «Chelsi» (679,9 mln)
10. «Manchester Yunayted» (646,7 mln)