"Sunday Mirror" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba hali ham "Real"ga kerak. 27 yoshli futbolchini mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ham jamoada olib qolishga intilmoqda. U navbatdagi mavsumda Fernandesh-Pogba juftligini ishlatish rejasini tuzib qo'ygan.
Biroq "Real" franciyalik uchun 70 mln evro hamda bir futbolchisidan voz kechishga tayyor turibdi.
Ushbu mavsumda Pogba APLning 7 o'yinida 2 golli pas amalga oshirdi.