"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois yozda jamoani tark etishi mumkin.
Yaqinda Xames va uning agenti Jorje Mendesh "Real" prezideti Florentino Peres bilan uchrashib, o'yinchining klubdagi holati yuzasidan norozilik bildirishdi. Peres esa futbolchi va uning agentidan mavsum oxirigacha sabr qilishni so'radi.
Ammo, As tarqatgan xabarga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan dastlabki kelishuvga erishgan.