"Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "burgutlar" serbiyalik futbolchi bilan 2024 yilgacha yangi shartnoma imzolaydi. Tez orada rimliklar bu haqda rasmiy xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga "Real" va APLning bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda.