"Fußballtransfers" xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si tarkibida o'ynayotgan, transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan Ashraf Hakimi yozda Liga 1 tomon yo'l olishi kutilmoqda. 21 yoshli futbolchiga PSJ tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Ayni damda parijliklar Toma Menening o'rniga nomzod qidirish bilan band.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga ayni damda "Arsenal" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda. Ushbu mavsumda Hakimi 25 o'yinda 3 gol va 10 assist qayd etdi.