Kievning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix 2004/2005 yilgi Chempionlar ligasi mavsumini yodga oldi.
"Bayer"ga qarshi o'yin syujeti bo'yicha dramatik tarzda kechgan edi. Bu uchrashuv muxlislar uchun juda qiziqarli bo'lgandi, bunga shubha yo'q.
Guruh bosqichi esa... Biz guruhning barcha o'yinlarini yomon o'tkazmagan edik. 10 ochko to'pladik, ammo bir ochko etmay qolgan edi. Hattoki 11 ochko bilan ham 2 marta guruhdan chiqa olmay qolgan paytlar bo'lgan. Aksincha, bir marta 7 ochko bilan pley-offga chiqqanmiz. Bu futbol.
2004 yilda esa guruhdan chiqishimiz kerak edi. "Real", "Roma" va "Bayer" bilan tengma-teng kurash olib borgan edik, hattoki ba'zida ulardan yaxshiroq o'ynaganmiz", — dedi Maksim Shatskix.