2000 yilgi "Oltin to'p" sohibi Luish Figu nima uchun «Barselona»dan «Real»ga o'tganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 2000 yilning iyul oyida portugaliyalik futbolchi raqib jamoa safiga o'tib, butun dunyoni shok holatiga tushirgan edi.
"Real"ga o'tish haqida qaror qabul qilish oson bo'lmagan edi. Bu juda og'ir va muhim qadam bo'lgan edi. Chunki menga ko'p narsa bergan shaharni tark etishimga to'g'ri kelgan edi. Ammo jamoa uchun qilgan mehnatimga yarasha meni qadrlashmayotganini his qildim. Bunday pallada boshqa jamoadan taklif tushsa, o'ylab ko'rasan.
Madriddagi faoliyatimning avvalida qiyin bo'lgan edi. Yangi muhitga moslashashim oson bo'lmada, ammo jamoa menga yordam bergan", – dedi Figu "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.