Madridning «Real» klubi futbolchisi Garet Beyl jamoadoshlarining golf o'yinidagi qobiliyatlari haqida fikr bildirdi.
Uelslik futbolchi «galaktikoslar» orasida eng yomon golfchi kim ekanligini aytib o'tdi.
«Bu - Luka Modrich. 100 foiz. Bir marta mehmonxonada rosa bekor bo'lib qoldik, qiladigan ishimiz yo'q edi. Mehmonxonaning golf maydoni bor ekan. Men Lukadan golfga o'ynagani chiqishimizga qarshi emasligini so'radim.
U qo'liga golf tayoqchasini ushladi, ochiq aytadigan bo'lsam, u hatto tayoqchani qanday ushlash kerakligini ham bilmasdi. U golf to'piga zarba berganda, tayoqcha erga tegaverdi. Adashmasam, 20 marta urinishdan keyin bir marta to'pga muvaffaqiyatli tegdi va shundan keyin taslim bo'ldi. Keyingi kuni esa mening yonimga kelib, beli og'riyotganini aytgandim», – Beylning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Yahoo Sports.