Kataloniyalik futbolchi yana bir bor "Real"ni xafa qilishni xohladi.
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike 11 yil oldin Madridning «Real» klubi ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani esladi. O'shanda kataloniyaliklar Madriddin "Real"ni 2:6 hisobida tiz cho'ktirgandi.
Pikening "Tvitter"ga joylagan posti ko'plab e'tirozlarga sabab bo'ldi. Muhokamaga hatto "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas ham qo'shildi. Darvozabon Pikega EChLda kim ko'p sovrinni qo'lga kiritganini eslatdi.
11+2 = 13 https://t.co/XtvtwMHNFI
— Iker Casillas (@IkerCasillas) May 2, 2020