Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Devid Bekxemning hayot qonunlari

Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan sobiq futbolchi haqida.

.
- Yuklab olish

"U chap oyog'ida to'pni tepa olmaydi, bosh bilan o'ynay olmaydi, podkatlar tashlamaydi va kam gol uradi. U juda ham yomon yigit"Jorj Best - Bekxem haqida

Agarda bundan 10 yillar oldin Siz ko'chadagi istalgan insondan eng yaxshi futbolchilar uchligini so'rasangiz, ularning orasida Devid Bekxem nomini aniq eshitardingiz. Futbolchining ilk mashhurligi futbolning ortidan boshlangandi, keyinchalik bu maydonning tashqarisida zalvorladi. Devid odamlar uchun futbolchi bo'libgina qolmay, kiyinish uslubi mabudi bo'lib ko'rinardi. U doimo chiroyli kiyinar va sochlari ham chiroyli soch turmaklari bilan yurardi. Balki bu fakt uning yoshlikdagi orzusi bilan bog'liqdir: "Sartarosh bo'lishni orzu qilganman".

Umuman olganda uning bu kasbni tanlashni istaganini oddiy mantiq orqali bilib olishimiz mumkin: uning onasi Sandra Jorjina Uest sartarosh bo'lib ishlagan. Biroq Devidning aytishiga ko'ra: "Bolaligimda menga katta umid bildirishgan. Oldimda shu yoki mashhur bo'lish yo'li bor edi". Mashhur sartaroshlarni taniysizmi? Bundaylarni ko'p ham sanab bera olmaymiz, ular futbolchilar kabi ko'p emas. Devidning futbolga qiziqishi uni "Manchester Yunayted" akademiyasiga olib keldi.

Albatta, u sartaroshlik orzusiga erisha olmadi, biroq Devid bundan shikoyat qilmaydi: "Men nimadandir noliydigan holatda emasdim. Men omadli insonlardan biriman".

1998 yilgi mundialga 23 yoshli Bekxem Angliyaning 2 karra chempioni sifatida bordi, biroq o'sha paytda u termaning asosiy figurasi emasdi. U termadagi ilk asosiy tarkibda tushgan o'yini mundialning 3-turida Kolumbiyaga qarshi to'g'ri kelgan va o'shanda u termadagi ilk golini ham urgan. Unda "uchsherlar" 2:0 hisobida g'alabaga erishib, pley-offga chiqqandi.

Pley-offda esa Angliya - Argentina uchrashuvi bo'layotgandi. Tomonlar ilk bo'limdan keyin 2:2 hisobidagi durangni qayd etishdi. Bir vaziyatda "Atletiko"ning hozirgi bosh murabbiyi Diego Simeone Bekxemning belidan itardi va Devid yiqilib tushdi. Erda yotgancha u oyog'ini qimirlatgandi va bu Simeonening baqirib erga yiqilishiga sabab bo'ldi. Ha, unga "juda qattiq" zarba tegdi va Diego yuzini yopib olib baqirayotgandi.

Referi Bekxemga qizil kartochka ko'rsatdi, Angliya esa penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Futbolchi esa o'z vatanida yaxshigina obro'ga ega bo'ldi. Devid ushbu voqeani afsus bilan eslaydi: "Franciya-98 haqida dahshatli fikrlar qolgan. SHunchaki hayratlanarli. Doimo shunday voqealar men bilan bo'ladi", - dedi Bekxem.

Oradan biroz vaqt o'tib, Bekxemning mashhurlik yo'li boshqachasiga davom etdi. Aleks Fergyusonning so'zlari: "U uylanguniga qadar muammo chiqarmasdi. U tungi vaqtda ham akademiya murabbiylari bilan birga ishlardi, u eng yaxshi yosh futbolchilardan biri edi. Biroq uylanganidan keyin uni qaytarish qiyin bo'ldi. O'sha kundan buyon uning hayot yo'li o'zgardi. Bekxemni oldingi holatiga qaytarish qiyinlashdi. U haqiqiy yulduzlik tomon intildi, futbol esa kichik bir bo'lakka aylanib qoldi".

Matbuotdagi ushbu so'zlar futbolchining Ser Aleks Fergyuson bilan janjaliga sabab bo'ldi. SHotlandiyalik mutaxassis Bekxemning qalpog'i borasida bir voqeani yodga oladi. "Lester"ga qarshi o'yindan oldin 20dan oshiq fotograflar mankunianliklarning mashg'ulot bazasini o'rab olishgandi. Bunga asosiy sabab - Bekxem sochini kalga oldirib tashlagani va u buni ertasi kungi o'yinda ko'rsatishi kerakligi bo'ldi. Biroq Devid bosh kiyim kiyib olgandi. Kechki ovqat vaqtida bosh murabbiy undan bosh kiyimini echib qo'yishini talab qildi. Bu gap o'yinoldi mashg'ulotda ham takrorlandi. Bekxem bosh kiyimini faqatgina Fergyuson jahl otiga minib, uni maydonga tushirmasligini aytganidagina echib qo'ydi.

2003 yilga kelib o'tgan vaqt davomida birgalikdagi faoliyat va qo'lga kiritilgan sovrinlarga qaramasdan Ser Aleks va Bekxemning o'rtasida eng muhim voqealardan biri sodir bo'ldi. Angliya Kubogida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatda murabbiy Bekxemni ikkinchi golda aybladi. Bekxem esa bunga kulib qo'ydi, murabbiy uni qo'lga tushgan narsa bilan ura boshladi, shu paytda uning qo'liga butsa tushib qoldi. Bu Devidning boshiga tegdi va qoshining yuqori qismi yara bo'lib qoldi. Bu jamiyat muammosiga aylandi va Bekxemning MYUdan ketishi aniq bo'ldi.

"MYU tarkibida faoliyatimni yakunlashga tayyor edim, biroq taqdir shunday ekan, yo'llarimiz ayrildi. Kamdan kam futbolchilargagina faoliyatini bir jamoada o'tkazish nasib qilar ekan", - dedi oradan yillar o'tib Bekxem.

Yozda "Yunayted" futbolchisini "Barselona"ga sotishga rozi bo'ldi, biroq... O'sha paytda bu klub ushbu yulduz uchun mos joy emasdi va shu boisdan u "Real"ga o'tdi. "Qirollik klubi" futbolchining transferi uchun 37 mln evro ishlatdi va "galaktikos" o'z tarkibini sayqallab oldi.

"Devid zo'r futbolchi ekanligini bilardik, ammo bunchalik katta darajada jamoaga rux berib turishini kutmagandik. U doimo maksimal natija sari intiladi. Barchamiz uni hurmat qilamiz", - dedi Ronaldo.

2006/07 yilgi mavsum boshlanishi arafasida jamoa boshqaruvi Fabio Kapello qo'liga o'tdi. Italiyalik murabbiy o'ng qanotda tezkor Xose Antonio Reyesni o'ynatdi, Bekxem esa zaxirada qola boshladi. Yanvar oyida klub sport direktori Predrag Miyatovich matbuotni portlatadigan xabarni malum qildi. Unga ko'ra, Bekxem "Real"dagi so'nggi mavsumini o'tkazayotgani va mavsum yakunida u jamoani tark etishi aniq bo'lgandi.

Oradan bir kun o'tib, 2007 yilning 11 yanvar kunida Bekxem "Los-Andjeles Gelaksi" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkanini malum qildi. Oradan bir kun o'tib, "Real" prezidenti Ramon Kalderon angliyalik futbolchi Gollivudga yarim aktyor sifatida ketayotganini takidladi. SHuningdek, u Bekxem "Gelaksi"dan boshqasiga kerak bo'lmagani va endi uning davri o'tganini aytib o'tdi.

Hatto Kapello futbolchini yoshlar jamoasiga o'tkazib yubordi, biroq oradan bir oy o'tib, u o'z qarorini o'zgartirdi. Angliyalik yana bir bor jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. LaLiganing so'nggi turida Bekxem jarohat oldi, uning o'rniga maydonga tushgan Reyes esa 2 gol urib, "Malorka" ustidan 3:1 hisobidagi g'alabaga munosib hissa qo'shdi. SHu bilan birgalikda madridliklar chempionlikni qo'lga kiritishdi - Bekxem uchun Ispaniyadagi ilk sovrin.

Amerika uni kutayotgandi

"Superyulduz bo'lish uchun bu erga kelmadim. Qattiq mashg'ulot qilib, jamoaning bir bo'lagi sifatida ko'plab sovrinlarga ega chiqishni istayman. Futbolni Amerikada birinchi o'ringa olib chiqaman deb ayta olmayman, bu juda qiyin ish. Beysbol, basketbol, amerikancha futbol - bu erda ular ko'proq mashhur. Biroq men o'zimga ishonmaganimda bu erga kelmagan bo'lardim", - degandi o'shanda Devid.

OAVning yozishicha, Bekxem Amerikadagi 5 yilida 250 mln evro ishlab topar ekan, biroq bu marketingning bir nayrangi bo'lib chiqdi. Biroq haqiqiy raqamlar juda kam - yiliga 6,5 mln evro maosh (5 yilda 32,5 mln evro).

Bekxemning aytishiga ko'ra, bu hech qachon asosiy o'rinda bo'lmagan: "Pullar mening hayotimda yuqori o'ringa qo'yilmagan. Qaerda bo'lsam ham o'zim sevgan futbolni o'ynashda davom etganman. Pullar asosiysi emas va bo'lmaydi ham".

Bekxem Amerikada futbolni 1-raqamliga aylantira olmadi. Lekin u orqali matbuot va muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishi oshib ketdi. Jamoaning sovrinlarga tashnaligi ham o'zgardi: klub 2011 yilda 6 yillik tanaffusdan so'ng MLS bosh sovrinini qo'lga kiritdi, yana bir mavsumdan keyin bu takrorlandi.

2013 yili Devid faoliyatini yakunladi. Bu esa muxlislarning biroz xafa bo'lishiga olib keldi: "Faoliyatimni yakunlaganimdan afsusda emasman. Tanam bugunmi ertami baribir qariydi va futbol uchun yaroqsiz bo'lib qolardi".

Devid ayni damda 45 yoshda uning futbolchilik faoliyati esa o'tmishda qolib ketdi. Ammo ayni damda u "Inter Mayami" klubi egasi hisoblanadi. Balki oldinda uni buyuk g'alabalar kutayotgandir?

Mirjalol Normatov tarjimasi

BestMaster
2 May 2020, 22:15
devid, bekxemning, hayot, qonunlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads