«Real» klubi mashg'ulotlarga kirishadigan kunni belgilab oldi.
O'yinchilar va xodimlar 11 may kun klubning Valdebebasdagi bazasida to'planadi. Futbolchilar dastlab individual dastur asosida mashqlarni bajarishadi. Ilk kunlarda o'yinchilar va xodimlar ehtiyot yuzasidan bir-birlaridan masofa saqlashadi.
Hozircha La liganing qayta boshlanish sanasi aniq emas.