“Qirollik klubi" penaltilar seriyasiga ko'ra, raqibga mag'lub bo'lgan edi.
“Afsuski, bu futbol. Krishtianu, Kaka, Serxio Ramos (penaltini noaniq amalga oshirganlar) shubhasiz uch yirtqichdir, ammo ular ham odam.
O'sha oqshomdagi mag'lubiyatdan keyin murabbiylik faoliyatimda ilk bor yig'laganman. Buni yaxshi eslayman. Aytor Karanka bilan uyimiz oldida to'xtadik, mashinada o'tirardik va yig'lardik. Juda og'ir payt edi, boisi, o'sha mavsumda ikkimiz eng yaxshi do'stlar bo'lganmiz”, deydi portugaliyalik.