«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino 2012 yilda Chempionlar ligasining yarim final bosqichida «Bavariya»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng qanday ahvolga tushganini ma'lum qildi.
O'shanda Mourino boshchiligidagi "Qirollik klubi" «Santyago Bernabeu»da myunxenliklarga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi. 11 metrli jarima zarbasini Krishtianu Ronaldu, Kaka va Serxio Ramos golga aylantira olishmagan edi.
«Afsuski, bu futbol. Krishtianu, Kaka, Serxio Ramos… Ular haqiqiy futbol monstrlari — bunga shubha yo'q, ammo ular ham inson.
Bu kechada murabbiylik faoliyatimda mag'lubiyatdan so'ng ilk marta yig'lamangan. Buni yaxshi eslayman. Biz Aytor Karanka bilan mening uyim oldida to'xtab, yig'lagandik. Bu og'ir bo'lgandi. Chunki biz o'sha mavsumda eng yaxshi jamoa edik», — dedi Mourino "Marca" nashriga bergan intervyusida.