"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning "Real" klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yodga oldi.
"Biz eng yaxshi uslub bilan "Barselona"ning hukmronligiga chek qo'ygan edik. Mening "Real"im Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda Evropaning eng yaxshi jamoasi edi", - dedi portugaliyalik mutaxassis "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida. Joze Mourino 2010-2013 yillarda "Real"ni boshqarib, bir martadan La liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogi sovrinini qo'lga kiritgan.