Ispaniya matbuoti Garet Beylni Madridan xaydab chiqarishda davom etadi. Futbolchi juda yuqori maosh oladi, biroq asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan. Beyl MLSga yo'l olishini tan oldi.
"MLS – men uchun yaxshi variant. Liga o'smoqda. Ko'pchilik u erda o'ynashni xohlaydi, men bundan mustasno emasman. Men ta'tilda Los-Andjelesga boraman va u erda ko'p golf o'ynayman", -deydi Beyl.
Eslatib o'tamiz, Beylning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.