Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Freddi Rinkon bir vaqtlar "qirollik klubi"da irqchilikka duch kelganini so'zlab berdi.
Eslatib o'tamiz, kolumbiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida 1995 yildan 1996 yilgacha to'p surgan.
"Menga badanimning rangi oq bo'lishi kamlik qilgan. Kundalik hayotda har kuni irqchilikka duch keldim deb ayta olmayman, lekin - ha! Xorxe Valdanoning holati qiyin edi, chunki, futbolchilar unga juda katta bosim o'tkazardilar. Bu juda qiyin edi, chunki, ko'plab xudbinlar va mag'rurlanib ketadiganlar ko'p edi. Ammo bu klubni dunyoning eng yaxshisiga aylantiradi. Jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatda edim va juda ajoyib do'stlar ortirganman", - Rinkonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.