«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl o'zining MLSga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar yuzasidan fikr bildirdi.
«Menga MLS yoqadi. Hozir Liga ko'tarilishda va rivojlanishda davom etmoqda. Ko'p o'yinchilar MLSga o'tishni istashadi. Ushbu chempionatga o'tsam, qiziqarli bo'lardi.
Ta'til paytida Los-Anjelesga borishni yaxshi ko'raman. U erga borganimda golf o'ynab turaman», – dedi Beyl.