Butun dunyoda deyarli barcha sport musobaqalari to'xtatilgan. Futbol ham, boks ham. Boshqa sportchilar kabi o'zbekistonlik sportchilar ham ayni damda o'z oilasi davrasida karantinni o'tkazmoqda.
Boks bo'yicha Jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov yoshligida futbol bilan shug'ullangan. U «Daryo» muxbiri bilan suhbatda o'zining bir nechta orzular terma jamoasini ma'lum qildi.
Bahodir Jalolovning o'zbekistonlik bokschilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Murodjon Ahmadaliev;
Himoyachilar: Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov, Bektemir Meliqo'ziev, Aliyor Noraliev;
Yarim himoyachilar: Shahobiddin Zoirov, Isroil Madrimov, Shahram G'iyosov, Fazliddin G'oibnazarov;
Hujumchilar: Bahodir Jalolov, Hasanboy Do'stmatov.
Bosh murabbiy: To'lqin Qilichev
Bahodir Jalolovning dunyo futboli yulduzlaridan tuzilgan ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Janluiji Buffon;
Himoyachilar: Markos Kafu, Xerard Pike, Samyuuel Yumtiti , Serxio Ramos, Roberto Karlos;
Yarim himoyachilar: Andres Inesta, Zinedin Zidan;
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Terri Anri, Ronaldino.
Bahodir Jalolovning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Ignatiy Nesterov;
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov;
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Oybek Qilichev, Temur Kapadze;
Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Maksim Shatskix, Anvar Soliev.