Mavsumni «Bavariya» safida ijara asosida o'tkazayotgan himoyachi Alvaro Odriosola mavsum yakunlanganidan keyin «Real»ga qaytadigan bo'ldi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, «Bavariya» yanvar oyida ijaraga olingan ispaniyalik futbolchining transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi.
Myunxenliklar rahbariyati va murabbiylar shtabi 24 yoshli futbolchining o'yinidan qoniqish hosil qilishmadi. Shu bois, u bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilindi.
Odriosola «Bavariya» safida 2ta to'liq o'yin o'tkazdi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.