"Bavariya" himoyachi Alvaro Odriosola borasida bir qarorga keldi. Myunxenliklar futbolchini "Real"ga qaytaradi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi yanvar oyida ijara asosida Myunxen klubiga o'tgan edi, biroq u bor yo'g'i ikkita o'yinda maydonga tushdi xolos. U Flik jamoasida jami 70 daqiqa harakat qildi.
Ma'lumot uchun, Odriosola 24 yoshda. "Real" futbolchini qaytarib, boshqa klubga ijaraga berib yuboradi.