«Real» yarim himoyachisi Eden Azar operatsiyadan keyingi tiklanish kursini davom ettirmoqda. Belgiyalik futbolchi karantin paytida mashg'ulotni davom ettirmoqda.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi yugurish mashqlarini bajarib, to'p bilan ishlashni boshladi.
Azar ushbu mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 15ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golga uzatma berdi.