Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qachonlardir Madridning "Real" klubini boshqarish niyatida.
- Agar murabbiy bo'lishni xohlamoqchi bo'lsangiz, u holda o'z oldingizga yuqori maqsadlarni qo'yishingiz kerak. Eng yuqori orzu bu - "Real", Italiya terma jamoasi yoki Evropaning biror bir kuchli klublari. Men bir kun kelib "Real"ni boshqarish uchun ishlayapman. Men futbolchilardan to'p bilan va to'psiz intensiv o'ynashni talab qiladigan murabbiyman, chunki, futbol bu - vaqt, - Kannavaroning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro "Real" tarkibida 2006 yildan 2009 yilgacha o'ynagan.