Xorvatiyalik futbolchining faoliyati keskin boshqacha bo'lgan bo'lishi mumkin edi.
Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq skauti Viktor Tishenko jamoa o'z vaqtida Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrichga qiziqqanligini aytib berdi.
«Modrichni kuzatgandik. U paytda Syomin klub prezidenti edi. U bilan birgalikda Evro-2008 saralash bosiqichi doirasi bo'lib o'tgan Xorvatiya – Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun Zagrebga borgandik.
Uning o'yinini tomosha qilganmiz, bizga yoqqandi. Super iqtidor egasi ekanligini ko'rinib turgandi. Ammo, xorvatlar o'z futbolchini uchun qancha miqdordagi mablag'ni xohlashayotganini bilganimizdan keyin, darhol rad qilganmiz.
«Dinamo» (Zagreb) klubi 14-15 million evro so'ragandi. Biz bo'lsa 2008 yili Piter Odemvingni rekord summa - 8 million evroga sotib olgandik.
Farqni ko'rib turibsiz. Biz shunchaki bunday transferni amalga oshira olmasdik. Shu sababli, Modrichning transferi borasida savdolashishni foydasi yo'q edi», – dedi Tishenko «Chempionat» saytiga bergan intervyusida.